Bolgariyada ro'y bergan avtohalokatda 46 kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlarning 12 nafari voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan. Avtobusda jami 52 kishi bo‘lgan, ularning yetti nafari omon qolgani aytilmoqda.

1737332
Bolgariyada ro'y bergan avtohalokatda 46 kishi halok bo‘ldi

 

Bolgariyada turistlarni olib ketayotgan avtobus YTHga uchrashi oqibatida 46 kishi halok bo‘lgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlarning 12 nafari voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan. Avtobusda jami 52 kishi bo‘lgan, ularning yetti nafari omon qolgani aytilmoqda.

Jabrlanuvchilar yuz va bo‘yin sohasidagi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu fojia mahalliy vaqt bilan 23 noyabrga o‘tar kechasi soat 3:00 atrofida Sofiyadan uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan Bosnek aholi yashash punkti yaqinida, "Struma" trassasining 31-kilometrida ro‘y bergan.

Halokat oqibatida avtobus yonib ketgan.


Tanlangan kalimalar: #Bolgariya

Aloqador xabarlar