Tolibon Afg‘onistonda ayollar bilan bog’liq yangi cheklovlarni joriy etdi

“Tolibon” hukumati joriy qilgan yangi qoidalarga ko‘ra, ayollarning televizion ko’rsatuvlarda ishtirok etishi taqiqlandi. Ayol jurnalistlar va boshlovchilarga ham ekranda ro‘mol o‘rash buyurilgan.

1736950
Tolibon Afg‘onistonda ayollar bilan bog’liq yangi cheklovlarni joriy etdi

 

Afg‘onistonda Tolibon ma’muriyati ayollar bilan bog’liq ba’zi cheklovlarni joriy etdi.

Tolibon Afg‘onistonda hukumatni qo‘lga kiritganiga 100 kun to‘lishi arafasida o‘zining sakkiz banddan iborat yangi yo‘riqnomasini e’lon qildi.

“Tolibon” hukumati joriy qilgan yangi qoidalarga ko‘ra, ayollarning televizion ko’rsatuvlarda ishtirok etishi taqiqlandi. Ayol jurnalistlar va boshlovchilarga ham ekranda ro‘mol o‘rash buyurilgan.

Afg‘oniston telekanallari uchun e’lon qilingan “Tolibon”ning so‘nggi yo‘riqnomalari sakkizta yangi qoidani o‘z ichiga oladi. Jumladan, shariat (yoki islom) tamoyillari va afg‘on qadriyatlariga zid deb topilgan filmlarni ko‘rish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, dinni kamsituvchi yoki afg‘onlar uchun haqoratomuz deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan komediya va ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar ham taqiqlangan.

“Tolibon” chet el madaniy qadriyatlarini targ‘ib qiluvchi xorijiy filmlar efirga uzatilmasligini talab qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Afg‘oniston telekanallarida asosan ayol bosh qahramonlar ishtirokidagi xorijiy dramalar namoyish etiladi.

Tolibonning qizlar va yosh ayollarni maktabdan chetlashtirish haqidagi qarori Afg‘onistonni dunyo aholisining yarmini ta’lim olishini taqiqlagan yagona davlatga aylantirgandi.

Bundan tashqari, Qobul shahar hokimi ham ayollarning ishga chiqishlarini man qilgan.

“Tolibon” muvaqqat hukumati har ikki cheklovning vaqtinchalik ekani, faqat xotin-qizlarning xavfsizliklarini ta’minlash maqsadini ko‘zda tutganligini da’vo qilib keladi.

Jurnalistlar yangi qoidalarning ayrimlari mavhum ekani va turlicha talqin etilishi mumkinligini aytishmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar