Nikolas Maduro xalqni bo‘lib o‘tadigan mintaqaviy va mahalliy saylovlarga  ishtirok etishga chaqirdi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro xalqni mamlakatda 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan mintaqaviy va mahalliy saylovlarda ishtirok etishga chaqirdi.

1735515

"Venesuela demokratiyasi va haqiqatini himoya qilish" forumida videokonferentsiya orqali ishtirok etgan Maduro,

"Xalq o'z suverenitetini da'vo qilishi va  ovoz berishlari  uchun hamma narsa tayyor." iborasini ishlatgan.

Venesuelaning AQSh  hukumati va ittifoqchilarining tajovuzi va blokadasiga qarshi shiddatli kurash olib borayotganini ta'kidlagan Maduro, har qanday sharoitda mamlakatni himoya qilishlarini bildirdi.

Mamlakatning ta'lim darajasida kuchli liderlik qurganligini ifoda etgan Maduro,

"Venesuela umumiy va to'g'ri demokratiya yo'lida." dedi.

Venesueladagi muxolifat 21-noyabr, yakshanba kuni o‘tkazilishi kutilayotgan mintaqaviy va mahalliy saylovlarda ishtirok etishini ma’lum qildi.

Aloqador xabarlar