Afgʻonistonda portlatilgan mina ikki kishining sogʻligiga zomin boʻldi

Afgʻoniston poytaxti Kobulda portlatilgan mina, ikki kishining sogʻligiga zomin boʻldi.

1734068
Afgʻonistonda portlatilgan mina ikki kishining sogʻligiga zomin boʻldi

Afgʻoniston poytaxti Kobulning Kotai Sangi tumanida sodir boʻlgan portlashda ikki kishi tan jarohati oldi.

Kobul Milliy Politsiya idorasi, Silo koʻchasida yoʻl chetiga joylashtirilgan minaning tinch aholini olib ketayotgan mashina oʻtayotgan bir paytda portlatilganini ma’lum qildi.

Voqeada 2 kishining tan jarohati olganini bildirgan Milliy Politsiya idorasi a’zosi, hujum nishonining Tolibon kuchlari emasligini ifoda etdi.

Hali hanuz hujum javobgarchiligini hech kim boʻyniga olmadi.


Tanlangan kalimalar: #Afgʻoniston , #hujum , #Tolibon

Aloqador xabarlar