Barzoniy: PKK mintaqada xavf tug‘dirib, iqtisodiy muammolar yaratmoqda

Barzoniy, Arbilda joylashgan Yaqin Sharq tadqiqot instituti tomonidan uyushtirilgan “Barqaror Yaqin Sharq uchun barqaror Iroq”-deb nomlangan forumda nutq so‘zladi.

1726096
Barzoniy: PKK mintaqada xavf tug‘dirib, iqtisodiy muammolar yaratmoqda

Iroq Kurd mintaqaviy hukumati Bosh vaziri Masrur ​​Barzoniy PKK terror tashkilotining mintaqada xavf tug‘dirib, iqtisodiy muammolar yaratayotganini qayd etdi.

Barzoniy, Arbilda joylashgan Yaqin Sharq tadqiqot instituti tomonidan uyushtirilgan “Barqaror Yaqin Sharq uchun barqaror Iroq”-deb nomlangan forumda nutq so‘zladi.

Turkiya bilan bo‘lgan munosabatlarining ko‘p qirrali ekanini ta’kidlagan Barzoniy:

“Turkiya bilan savdomiz bor, qo‘shnimiz, umumiy xavfsizlik bo‘yicha tashvishlarimiz bor. Bu munosabat ikkala tomon uchun ham foydali bo‘ldi”.-dedi.

PKK terror tashkilotining ba’zi hududlarni ishg‘ol qilgani va mahalliy xalqning uylariga borishiga to‘siqlik qilganiga e’tibor qaratgan Barzoniy, buning xavfsizlik tahdidi ekani va ayni vaqtda o‘zlari uchun iqtisodiy muammo tug‘dirayotganini qayd etdi.

Barzoniy, Turkiyaning Iroqdagi PKKga qarshi olib borayotgan amaliyotlari haqida esa:

“Masalan, Turkiyasiz bu tashkilotning ketidan tushish kerakligini isbotlash qiyin bo‘lardi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Iroq , #Barzoniy , #PKK

Aloqador xabarlar