NATO tarkibidagi davlatlarning mudofaa vazirlari bugun Bryusselda uchrashadi

Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar NATO tarkibidagi davlatlarning mudofaa vazirlari yigʻilishida ishtirok etish uchun Bryusselda.

1722991
NATO tarkibidagi davlatlarning mudofaa vazirlari bugun Bryusselda uchrashadi

NATO tarkibidagi davlatlarning mudofaa vazirlari Afgʻonistondagi vaziyat, Rossiya, Xitoy va NATO-Yevropa ittifoqi munosabatlari kabi kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish maqsadida 21-22 oktabr kunlari Belgiya poytaxti Bryusselda uchrashadi.  

Turkiya nomidan Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar ishtirok etadigan NATO tarkibidagi davlatlar Mudofaa vazirlari yigʻilishi bugun, 21-oktabr kuni tushdan keyin boshlanadi.

Yigʻilish iyun oyidagi NATO sammiti va ittifoqning bu yoz mavsumida Afgʻonistondan chiqishi ortidan uyushtirilgan ilk yigʻilish boʻlish jihatidan alohida oʻringa ega.

Shu bois ushbu yigʻilishning Afgʻoniston masalasini qoʻlga olgan majlisida NATOning mintaqadan chiqishidan keyingi oxirgi vaziyati, Afgʻonistonda qoʻlga kiritilgan yutuqlarning saqlab qolinishi uchun nimalar qilinishi kerakligi va terrorizmga qarshi kurash masalalari muhokama qilinadi.

NATOdagi Rossiya hay’atidan 8 nafar xodimning akkreditatsiyasining NATO tomonidan qaytarib olinishi va ortidan Rossiyaning bunga javob tariqasida Moskvadagi NATO missiyalari faoliyatini toʻxtatish haqida qaror qabul qilishidan keyingi vaziyat ham yigʻilishda qoʻlga olinadi.

NATO tomonidan oxirgi vaqtlarda tez-tez ta’kidlangan va iyun oyida uyushtirilgan NATO sammiti deklaratsiyasida ham alohida oʻringa ega boʻlgan “Xitoyning yuksalishi” mavzusi ham NATO tarkibidagi davlatlarning Mudofaa vazirlari yigʻilishi kun tartibida boʻladi.

Yigʻilishning ikkinchi kunida vazirlar safiga Yevropa ittifoqi Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Josep Borrelning ham qoʻshilishi kutilmoqda.  


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #NATO , #Bryussel

Aloqador xabarlar