Afg‘onistonning Qandahor viloyatidagi masjidda terakt sodir etildi

Guvohlarning ma'lum qilishicha, portlash juma namozi vaqtida ro'y bergan. Qurbonlar va yaradorlar borligi aytilmoqda. Hozircha ularning aniq soni ma'lum emas.

1720156
Afg‘onistonning Qandahor viloyatidagi masjidda terakt sodir etildi

 

Bugun, 15-oktyabr kuni Afg'onistonda Tolibonning qarorgohi sifatida tanilgan janubiy Qandahor viloyatidagi shialarga oid Fotimiyya masjidida portlash sodir etildi.

Guvohlarning ma'lum qilishicha, portlash juma namozi vaqtida ro'y bergan. Qurbonlar va yaradorlar borligi aytilmoqda. Hozircha ularning aniq soni ma'lum emas.

Tolibon kuchlari masjidga tomon ketgan barcha transport yo'llarini to'sib tashladi, transport qatnovi to'xtatildi.

Eslatma: O'tgan hafta ham Afg‘onistonning Qunduz viloyatidagi Saidobod shialar masjidida sodir etilgan terakt oqibatida 46 kishi halok bo‘lgandi. Terakt juma namozi vaqtida amalga oshirilgandi. Hujumni DEASh terror tashkiloti o'z zimmasiga olgandi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Qandahor , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar