Tayvandagi yongʻin oqibatida kamida 46 kishi halok boʻldi

Tayvandagi 13 qavatli binolardan birida paydo boʻlgan yongʻin kamida 46 kishining umriga zomin boʻldi.

1719660
Tayvandagi yongʻin oqibatida kamida 46 kishi halok boʻldi

Tayvanda 13 qavatli binolardan birida paydo boʻlgan yongʻin oqibatida kamida 46 kishi halok boʻldi.

Kaoshiong Oʻt oʻchirish xizmati xodimlari bergan ma’lumotga tayangan xabarga koʻra shaharning Yanching tumanidagi ofis va maskanlar joylashgan 13 qavatli binoda mahalliy vaqt bilan soat 02:54 da yongʻin sodir boʻlgan.

Oʻt ochirish xizmati xodimlari tomonidan soat 07.17da oʻchirilgan yongʻinning judayam kuchli ekani va binoning bir necha qavatini yonib kulga aylantirgani bildirildi.

Voqeada hozircha 46 kishining jon bergani qayd etilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Tayvan , #yongʻin

Aloqador xabarlar