Afgʻonistondagi ochlik yuzasidan bolalar oʻlim yoqasiga kelib qolishgan

Doktor Muhammad Amin Sharafiy yoʻqchilik tufayli bolalarning nimalarga duch boʻlgani haqida gapirib, xalqaro hamjamiyatdan Afgʻoniston xalqi uchun yordam soʻradi.

1719723
Afgʻonistondagi ochlik yuzasidan bolalar oʻlim yoqasiga kelib qolishgan

Afgʻonistonda bolalar ochlik yuzasidan oʻlim yoqasiga kelib qolishgan.

Poytaxt Kobulda joylashgan “Indira Gandi” nomidagi bolalar kasalxonasida toʻyib ovqatlanmaslik yuzasidan kelib chiqan kasalliklarga qarshi kurashish boʻlimi yetakchisi doktor Muhammad Amin Sharafiy, yoʻqchilik tufayli bolalarning yetarli ovqatlana olmagani va natijada yurt boʻylab bolalar ahvolining xavf ostida ekanini qayd etdi.

Kasalxonada oʻnlab bolaning toʻyib ovqatlanmagani oqibatida paydo boʻlgan kasalliklar yuzasidan davolanayotganini qayd etgan Sharafiy: “Bu kasallikning kelib chiqish sababi xalqning moliyaviy ahvolining yaxshi emasligi, insonlarning bolalariga qaray olmayotgani va sogʻlom ovqatlanish imkoni yoʻqligi”.-dedi.

Bolalarning yetarlicha protein ololmagani uchun diareya va shunga ooʻxshash kasalliklarga chalinganini bildirgan Sharafiy: “Bolalardagi ochlik va tooʻyib ovqatlanmaslik holsizlikka yoʻl ochmoqda”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Mamlakatdagi siyosiy beqarorlik tufayli davlat idoralarida ishlayotganlar taxminan 4 oydan beri maosh ololmayotganiga ham diqqat qaratgan Sharafiy:

“Qish kelishi bilan kasalliklar koʻpayishi mumkin. Insonlar maosh ololmayapdilar, ishsizlik va qashshoqlik avj oldi. Bolalarning ahvoli xavf ostida. Xalqaro hamjamiyatdan Afgʻoniston xalqiga yordam berishlarini soʻraymiz”.-deya gapirdi.

Kobuldan 5 kilometr uzoqlikda joylashgan Budxak qishlogʻida ba’zi oilalar bolalari uchun non topishda qiynalmoqda.

Yevropa ittifoqi Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakil Josep Borrell, haftaning dushanba kuni bergan bayonotida: “Afgʻonistondagi insoniy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat choʻkish arafasida. Norvegiya Muhojirlar kengashiga koʻra munosib yordam olmagudek boʻlsa kamida 1 million bola bu yilgi qish mavsumida sovuq havo harorati va ochlikdan oʻlish xavfi ostida. Tomosha qilib oʻtirolmaymiz. Tezda harakat qilishimiz lozim”.-degan ifodalarga oʻrin bergandi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar