Nigerda qurolli guruh masjidga hujum qildi

Guvohlarning ma’lum qilishicha, kechki nomoz vaqtida jinoyatchilar ikkita mototsiklda qishloqqa bostirib kirgan. Ular masjidning o‘zida o‘n kishini o‘ldirgan.

1719507
Nigerda qurolli guruh masjidga hujum qildi

 

Nigerning janubi-g‘arbiy qismida noma’lum qurolli guruh masjidga hujum uyushtirdi. Natijada o‘n kishi halok bo‘lgan.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, hujum seshanba kuni kechasi Tillaberi hududida sodir etilgan. Bu yerni Niger, Mali va Burkina-Faso mamlakatlari chegaralari tutash bo‘lgani uchun “uchta chegara hududi”, deb ham atashadi. Mazkur mintaqada Islom davlati va Al-Qoida terrorchi tashkilotlarning ko‘plab jangari guruhlari faoliyat olib boradi.

Guvohlarning ma’lum qilishicha, kechki nomoz vaqtida jinoyatchilar ikkita mototsiklda qishloqqa bostirib kirgan. Ular masjidning o‘zida o‘n kishini o‘ldirgan.

Hujum tufayli Tillaberining bir qator departamentlarida chorshanba kunidan boshlab mototsiklda yurish taqiqlab qo‘yildi.

Niger Afrikaning Saxel mintaqasida joylashgan bo‘lib, terrorchilik va noqonuniy migratsiya avj olgan qit’adagi eng muammoli hudud hisoblanadi.

BMT ma’lumotiga ko’ra, Nigerda oxirgi 3 yilda 313 ming kishi mamlakat hududining boshqa joylariga ko’chdi, 235 ming kishi qo’shni davlatlarga sig’indi.


Tanlangan kalimalar: #Niger

Aloqador xabarlar