Avstriya kansleri Sebastyan Kurs iste'foga chiqdi

Avvalroq, mamlakat prokuraturasi unga qarshi korrupsiya ayblovi bo‘yicha surishtiruv boshlagandi.

1717431
Avstriya kansleri Sebastyan Kurs iste'foga chiqdi

 

Avstriya kansleri Sebastyan Kurs o‘z lavozimidan iste'fo etdi. Avvalroq, mamlakat prokuraturasi unga qarshi korrupsiya ayblovi bo‘yicha surishtiruv boshlagandi.

Avstriya xalq partiyasi raisi Sebastyan Kurs televideniye orqali chiqishida mamlakatda siyosiy inqiroz va xaos yuzaga kelishining oldini olish uchun lavozimini tark etishini ma'lum qildi.

Sebastyan Kurs iste'fosi haqidagi chiqishida mamlakat pandemiya bilan kurashayotgan chog‘da Avstriyani siyosiy inqiroz holatida qoldirish katta mas'uliyatsizlik bo‘lishini qo‘shimcha qildi. U shuningdek, kansler lavozimiga mamlakat tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenbergning nomzodini taklif etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sebastyan Kurs

Aloqador xabarlar