Tataristonda parashyutchilar samolyoti halokatga uchradi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, fojiada 16 kishi halok bo'ldi. Samolyot bortida jami 23 kishi bo‘lgan. Shifoxonaga olti nafar jabrlanuvchi yotqizilgan, ulardan biri o‘ta og‘ir ahvolda.

1717429
Tataristonda parashyutchilar samolyoti halokatga uchradi

 

Rossiya tarkibidagi Tatariston Respublikasining Menzelinsk shahrida L-410 rusumli yengil motorli samolyot qulab tushdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, fojiada 16 kishi halok bo'ldi.

Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, samolyot aerodromdan parvoz qilgach, ko‘p o‘tmay qulab tushgan. Samolyot bortida jami 23 kishi bo‘lgan. Shifoxonaga olti nafar jabrlanuvchi yotqizilgan, ulardan biri o‘ta og‘ir ahvolda.

Halokat ro‘y bergan joyga 50dan ortiq qutqaruvchi va 17ta texnika jalb etilgan. Voqea joyiga Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov ham yetib kelgan.

 


Tanlangan kalimalar: #samolyot halokati , #Tatariston , #Rossiya

Aloqador xabarlar