Yaponiyaning 100 -bosh vaziri Kishida Fumio iqtisodiyotni " yuqori  ko'tarishga" va'da berdi

Kishida Fumio, poytaxt Tokioda o'tkazilgan matbuot anjumanida, koronavirusning yangi turiga (Kovid-19) qarshi kurash o'z kabinetining ustuvor vazifalaridan biri bo'lishini aytdi va epidemiya ta'siri ostida iqtisodiyotni "yuqoriga ko'tarishga" va'da berdi

1714771
Yaponiyaning 100 -bosh vaziri Kishida Fumio iqtisodiyotni " yuqori  ko'tarishga" va'da berdi

Yaponiyaning 100 -bosh vaziri Kishida Fumio iqtisodiyotni " yuqori  ko'tarishga" va'da berdi.

Kishida Fumio, poytaxt Tokioda o'tkazilgan matbuot anjumanida, koronavirusning yangi turiga (Kovid-19) qarshi kurash o'z kabinetining ustuvor vazifalaridan biri bo'lishini aytdi va epidemiya ta'siri ostida iqtisodiyotni "yuqoriga ko'tarishga" va'da berdi.Yangi Bosh vazir, shuningdek, iqtisodiy paketni iloji boricha tezroq taqdim qilmoqchi ekanligini bildirdi.

Xitoyning mintaqaviy faoliyatiga ishora qilib, Fumio bu vaziyatda Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) bilan ittifoq tuzib, "Erkin va ochiq Hind-Tinch okeani" qarashini amalga oshirishini bildirdi. Yaponiya Bosh vaziri,,

"Yaponiya status -kvoning kuch bilan bir tomonlama o'zgarishiga qarshi bo'ladi". Deya bildirdi.

Kishida Shimoliy Koreya tomonidan hibsga olingan yapon fuqarolarining muammosini "kun tartibining birinchi qismi" deb ta'rifladi.

"Biz (Yaponiya fuqarolarini) qaytarib olish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Men (Shimoliy Koreya rahbari) Kim Chen In bilan oldindan shartlarsiz uchrashishga tayyorman", dedi u.

Yaponiya imperatori Naruxito tomonidan Imperator saroyida qabul qilingan Kishida kabineti rasman o'z vazifasini boshladi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Bosh vazir , #Kishida Fumio , #Yaponiya

Aloqador xabarlar