Ukraina yana 96 kishini Afgʻonistondan evakuatsiya qildi

Ukraina oʻz yurttoshlari va boshqa mamlakat fuqarolariga yordam berishni davom etadi.

1710073
Ukraina yana 96 kishini Afgʻonistondan evakuatsiya qildi

Ukraina oʻz va boshqa mamlakat fuqarolaridan iborat yana 96 kishini Afgʻonistondan evakuatsiya qildi.

Ukraina Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Ukrainaning oʻz yurttoshlari va boshqa mamlakat fuqarolariga yordam berishni davom etishi ifoda etildi.

Bayonotda yana 96 kishini tashigan uchoqning Kiyevdagi “Borispol” aeroportiga qoʻngani qayd etildi.

Ukraina Prezidentlik apparati ofisi rahbari Andrey Yermak, 28-avgust kuni Afgʻonistondan jami 600 dan ortiq kishining evakuatsiya qilinganini ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Afgʻoniston , #evakuatsiya

Aloqador xabarlar