AQSh kambag'al davlatlarga yana 500 mln doza vaksina yuboradi

“AQSh kam ta’minlangan davlatlar uchun beg’araz yordam qatorida yana 500 mln doza Pfizer vaksinasini xarid qiladi”,-dedi AQSh prezidenti Jo Bayden Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida so'zlagan nutqida.

1709424
AQSh kambag'al davlatlarga yana 500 mln doza vaksina yuboradi

 

AQSh kam ta’minlangan davlatlar uchun koronavirusga qarshi yana 500 mln doza vaksina yuboradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Jo Bayden Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida ma’lum qildi.

“COVID-19ni bartaraf etish uchun hamkorlikda ish olib borishdan va kelgusidagi pandemiyalarga qarshi tayyor turishdan boshqa yana ham muhimroq narsa yo’q”,-deb aytgan Jo Bayden.

Amerika vaksina ishlab chiqarishni kuchaytirish, vaksina yetkazib berish va tibbiy preparatlar bo’yicha jiddiy qadam tashlaganiga diqqat qaratgan Bayden, mamlakat shu kungacha beg’araz yordam qatorida 100dan ortiq mamlakatga 160 mln doza vaksina yetkazib berganligini ma’lum qildi.

“AQSh kam ta’minlangan davlatlar uchun beg’araz yordam qatorida yana 500 mln doza Pfizer vaksinasini xarid qiladi”,-dedi AQSh prezidenti.

Uning ta’kidlashicha, kelgusi yilning ayni davrida vaksinalar davlatlarga yetkazib berilgan bo’ladi.

“Butun dunyoni qat’iy prinsiplar doirasida birlashtirishimiz zarur. Vaksinalarni sotmasligimiz kerak. Ularni yordam qatorida yetkazib berishda siyosiy maqsadni ko’zlamasligimiz shart”,-deydi Jo Bayden.

Uning ta’kidlashicha, Janubiy Afrikada 500 mln dozadan ko’proq Johnson&Johnson vaksinasi ishlab chiqariladi va Afrika davlatlariga tarqatiladi. AQSh prezidenti vaksinatsiya kompaniyasi uchun 370 mln dollar mablag’ ajratishga va’da berdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #vaksina , #koronavirus , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar