Tolibon nazoratidagi Afgʻonistonda uyushtirilgan hujumda 2 kishi halok boʻldi

Kecha Tolibon nazoratidagi Afgʻonistonda uyushtirilgan bombali hujumda 2 kishi halok boʻldi.

1707881
Tolibon nazoratidagi Afgʻonistonda uyushtirilgan hujumda 2 kishi halok boʻldi

Kecha Tolibon nazoratidagi Afgʻonistonning sharqida joylashgan Jalolobod shahrida Tolibon transportiga qarshi uyushtirilgan bombali hujumda 2 kishi halok boʻldi.

Jalolobod davlat kasalxonasidan olingan ma’lumotga koʻra, shahardagi 5 –tumanda Tolibon kuchlariga oid transportlardan biriga qarshi uyushtirilgan bombali hujum oqibatida tinch aholidan 2 kishi jon bergan.

Guvohlarning ta’kidlashicha esa, hujum 5 nafardan ortiq kishining umriga zomin boʻlgan va ular orasida Tolibon kuchlari ham bor edi.

Hujumni hali hanuz hech kim boʻyniga olmadi.

Tunov kuni ham xuddi shu shaharda sodir boʻlgan portlash oqibatida 2 kishi halok boʻlgandi.

Hujumni mintaqadagi DAESh terror tashkilotining uyushtirgan boʻlishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Afgʻoniston , #bombali hujum , #Tolibon

Aloqador xabarlar