Asad rejimi va Rossiya uyushtirgan oxirgi 3 oydagi hujumlarda 61 kishi halok boʻldi

Suriyada Bashar al-Asad rejimi va uni qoʻllab-quvvatlagan Rossiya tomonidan oxirgi 3 oyda uyushtirilgan hujumlarda, tinch aholidan 61 kishi halok boʻldi.

1705368
Asad rejimi va Rossiya uyushtirgan oxirgi 3 oydagi hujumlarda 61 kishi halok boʻldi

Suriyada Bashar al-Asad rejimi va uni qoʻllab-quvvatlagan Rossiya tomonidan Idlibning janubidagi Jabal Zaviya mintaqasi bilan atrofiga qarshi oxirgi 3 oyda uyushtirilgan hujumlar oqibatida tinch aholidan 61 kishi halok boʻldi.

Tinch aholi huquqining paymol qilinishini hujjatlarda qayd etgan Suriya Inson huquqlarini himoya qilish tarmogʻi (SNHR) Asad rejimi va uni qoʻllab-quvvatlagan Rossiyaning, 2020-yilning 5-marti kuni qoʻl qoʻyilgan (Rossiya poytaxti Moskvada Turkiya va Rossiya oʻrtasida) oʻq uzishni toʻxtatish haqidagi kelishuvga amal qilmay, Idlibning janubida oʻrin olgan Jabal Zaviya va atrofidagi mintaqalarga qarshi uyushtirgan hujumlari ustidan hisobot tayyorladi.

Taxminan 35 qishloq va shahardan tashkil topgan Jabal Zaviya mintaqasida nishonga olingan hududlarning tinch aholi turar-joy punktlaridan iboratligi ta’kidlangan hisobotda, bombalangan sohalarda harbiy muxoliflar yoki rejimga qarshi boʻlgan qurolli guruhlarga oid hech qanday harbiy markaz yoki qurol omborxonasining yoʻqligi qayd etildi.

Tarmoq hisobotida rejim va Rossiyaning tinch aholi turar-joy punktlarini nishonga olishdan oldin mintaqa xalqini umuman ogohlantirmagani ifoda etilar ekan, hujumlarning oxirgi vaqtlarda ortishi tufayli tinch aholi orasida qurbonlar sonining koʻpayganiga e’tibor qaratildi.

Rejim va Rossiyaning Idlibning janubidagi Jabal Zaviya mintaqasida 5-iyundan e’tiboran koʻplab hujumlar boshlatgani haqidagi ma’lumotga ham oʻrin berilgan hisobotda, 5-iyundan 1-sentabrgacha 61 kishining Rossiya va rejim kuchlari bombardimoni oqibatida halok boʻlgani ma’lum qilindi. Eng yomoni qurbonlardan 33 nafari yosh bola, 12 nafari esa ayol kishi boʻlgan.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Jabal Zaviya , #Rossiya , #Asad rejimi , #SNHR

Aloqador xabarlar