Afg'onistonni tark etgan Ashraf G‘ani xalqdan uzr so‘radi

Afg‘onistonning Tolibon qo’liga o’tishi bilan mamlakatni tark etib, BAAga qochgan sobiq prezident Ashraf G‘ani xalqdan uzr so’radi. “Kobuldan chiqib ketish hayotimning eng og’ir qarori bo’ldi”,-deydi Ashraf G‘ani Twitterdagi sahifasida.

1705226
Afg'onistonni tark etgan Ashraf G‘ani xalqdan uzr so‘radi

 

Afg‘onistonning Tolibon qo’liga o’tishi bilan mamlakatni tark etib, BAAga qochgan sobiq prezident Ashraf G‘ani xalqdan uzr so’radi.

“Kobuldan chiqib ketish hayotimning eng og’ir qarori bo’ldi”,-deydi Ashraf G‘ani Twitterdagi sahifasida.

U Kobulni tark etish borasidagi qarorini “hayotidagi eng og‘ir qarori” deb atagan. Shuningdek “qurol ishlatilishini oldini olish, Kobul va uning aholisi saqlab qolishning yagona yo‘li” deb ma’lum qilgan.

Sobiq prezident Kobulda 1990 yillarda ro’y bergan ichki urushning takrorlanmasligi uchun mamlakatni tark etishga majbur bo’lganini aytib, afg’on xalqidan uzr so’ragan.

U aslo xalqini qiyin ahvolda tashlab ketish niyati yo’qligini, biroq mamlakatni tark etishdan boshqa chorasi yo’qligini aytgan.

15 avgustda mamlakatdan qochib ketgani uchun afg’on siyosatchilar tomonidan tanqid qilingan 72 yoshli Ashraf G’ani, yaqinda vatanini tark etishga sabab bo’lgan voqealar haqida batafsil ma’lumot berishini ta’kidlagan.

“Mendan avvalgi rahbarlar kabi mamlakatda barqarorlik va farovonlikni ta'minlamasdan turib xizmatimga chek qo’yilganidan chuqur afsusdaman. Hammasini boshqacha yakunlay olmaganim uchun afg‘on xalqidan uzr so‘rayman!”, – deydi Ashraf G‘ani o’z bayonotida.

Bundan tashqari, Ashraf G‘ani o‘zi bilan katta miqdorda pul olib chiqib ketgani to‘g‘risidagi xabarlarni asossiz deb aytgan.

15 avgust kuni Tolibon Afg‘onistonda hokimiyatni qo’lga oldi. Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani va boshqa amaldorlar Afg‘onistonni tark etishdi.


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Ashraf G‘ani , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar