Xitoy Afgʻonistonning yangi hukumat va lideri bilan muloqotni davom ettiradi

Van Venbin poytaxt Pekindagi kundalik brifingda Xitoyning, Afgʻonistonda kecha e’lon qilingan yangi hukumatni tan olib-olmasligi haqidagi savolga javob berdi.

1704568
Xitoy Afgʻonistonning yangi hukumat va lideri bilan muloqotni davom ettiradi

Xitoy Afgʻonistonning yangi hukumat va lideri bilan muloqotni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Xitoy Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Van Venbin poytaxt Pekindagi kundalik brifingda Xitoyning, Afgʻonistonda kecha e’lon qilingan yangi hukumatni tan olib-olmasligi haqidagi savolga javob berdi.  

Venbin oʻz javobida, hukumatining Afgʻonistondagi yangi hukumat va lideri bilan aloqani davom ettirishga tayyorligini yetkazdi.

Vangning qayd etishicha, Xitoy Afgʻonistonning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qiladi.

Tolibon Matbuot xizmati kotibi Zabihulloh Mujohid Afgʻonistonning vaqtinchalik hukumatini ovoza qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #Afgʻoniston , #Van Venbin

Aloqador xabarlar