Tolibon “vaqtinchalik hukumat” tuzilganini e’lon qildi

Tolibon kecha Afgʻonistonda “vaqtinchalik hukumat” tuzilganini e’lon qildi.

1704303
Tolibon “vaqtinchalik hukumat” tuzilganini e’lon qildi

Afgʻonistonda Tolibon tunov kuni mamlakatni butunlay nazorat ostiga olganini ovoza qilar ekan ortidan (kecha) Mulla Muhammad Hasan boshchiligida “vaqtinchalik hukumat” tuzilgani e’lon qilindi.

Tolibonning Matbuot xizmati kotibi Zabihulloh Mujohid poytaxt Kobulda uyushtirgan matbuot anjumanida “vaqtinchalik hukumat” tarkibida oʻrin olganlar haqida ma’lumot boʻlishdi.

Mujohid, “Bosh vazir oʻrinbosari” vazifasining Hasanga topshirilganini bildirar ekan uning oʻrinbosari etib, Mulla Abdulgʻoniy Birodar va Abdussalom Hanafiyning tayin qilinganini xabar qildi.

Tolibon hukumati tarkibida oʻrin olgan shaxslar:

“Ichki Ishlar vazirligi vakilligi”.-Sirojiddin Hakani.

“Tashqi Ishlar vazirligi vakilligi”.-Amirhon Muttaki.

“Mudofaa vazirligi vakilligi”- Muhammad Yakub Mujohid.

Tolibon tunov kuni Panjshir viloyatida Milliy qarshilik jabhasi lideri Ahmad Masud kuchlari bilan toʻqnashuvlarning tugagani va mintaqani butunlay nazorat ostiga olganini e’lon qilgandi.

 



Aloqador xabarlar