Qatar Afg’onistonga gumanitar yordam yubordi

Qatardan 25 tonna gumanitar yordam olib kelgan samolyot bugun 7 sentyabr kuni Afg’oniston poytaxti Kobul aeroportiga qo’ndi. Qatar shu kungacha Afg'onistonga jami 68 tonna gumanitar yordam olib kelgan.

1703911
Qatar Afg’onistonga gumanitar yordam yubordi

 

Qatardan gumanitar yordam olib kelgan samolyot bugun Afg’oniston poytaxti Kobul aeroportiga qo’ndi.

Qatar rasmiy xabar agentligi QNA xabariga ko’ra, bugun, 7 sentyabr kuni Qatardan Kobulga 25 tonna gumanitar yordam olib kelingan. Shoshilinch oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy ashyolardan iborat bo’lgan gumanitar yordamlar Kobuldagi Hamid Karzay xalqaro aeroportiga tushirildi.

Xabarga ko’ra, shu kungacha Qatardan Afg’onistonga olib kelingan gumanitar yordamlarning umumiy miqdori 68 tonnani tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 4 va 6 sentyabr kunlari ham Kobulga Qatardan gumanitar yordam mahsulotlari olib kelingandi.

Eslatish joizki, AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy missiyasiga yakun yasagach, mamlakat Tolibon hukmronligi qo’liga o’tdi. Hamid Karzay nomidagi Qobul xalqaro aeroporti Tolibon nazoratiga o‘tgan, ammo havo porti jiddiy shikastlangan.

Shu sababli, 1 sentyabrda Qatar havo yo’llariga oid samolyot aeroport faoliyatini qayta tiklash uchun malakali mutahassislarni Kobulga olib kelgandi.

Ma’lumotga ko’ra, Tolibon Afg’onistonni dunyoga bog’lagan Hamid Karzay xalqaro aeroporti faoliyatini qayta tiklash uchun Turkiya va Qatar bilan hamkorlik qilish istagini bildirgandi.

Tolibon vakili: “Qatar va Turkiya aeroport qayta ochilishidan manfaatdor. Yaqin uch kun ichida aeroport hududi to‘liq tozalanadi, infratuzilma tiklanadi. Umid qilamanki, aeroport sentyabr oyida ishlay boshlaydi”, deb ma’lum qilgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gumanitar yordam , #Afg'oniston , #Qatar

Aloqador xabarlar