Tolibon Panjshirni bosib olganini e'lon qilar ekan Masud muzokara talab qildi

Kobuldagi Afg‘oniston Olimlar kengashining tomonlardan to‘qnashuvlarni to‘xtatish va “musulmon qonini to‘kishni bas qilish” talabi ortidan Masud, o‘zining Facebook hisobi orqali bayonot berdi.

1703231
Tolibon Panjshirni bosib olganini e'lon qilar ekan Masud muzokara talab qildi

Afg‘onistonning Panjshir viloyatini nazorat qilayotgan guruhlar rahbari Ahmad Masud, agar Tolibon kuchlari Panjshir va Andarobni tark etsa unda muzokaralarga tayyorligini ma’lum qildi.

Poytaxt Kobuldagi Afg‘oniston Olimlar kengashining tomonlardan to‘qnashuvlarni to‘xtatish va “musulmon qonini to‘kishni bas qilish” talabi ortidan Masud, o‘zining Facebook hisobi orqali bayonot berdi.

Muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanliklarini bildirgan Masud, “Milliy qarshilik jabhasi Tolibon Panjshir va Andarobdagi hujumlari va harbiy amaliyotlarini to‘xtatsa unda tinchlik uchun urushni darhol tugatishga tayyordir. Olimlar va islohotchilar bilan keng ko‘lamli yig‘ilishda barcha tomonlar ishtirokida muzokaralarni davom ettirishdan umidvor.”-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Afg‘oniston xalqining asosiy qismining musulmonlardan iboratligini yodga solgan Masud, Tolibonning Panjshir va uning tumanlarida “jihod” qilishining diniy va insoniy ma’nosi yo‘qligini bildirdi.

Masudning qayd etishicha, Tolibon ortga tisarilgudek bo‘lsa unda ular ham hujumdan uzoqlashadi.

Tojik lider talabiga hali hanuz Tolibon javob bermas ekan Panjshirdagi oxirgi ikki kundan beri avj olgan to‘qnashuvlarda, ular orasida viloyatni nazorat qilgan guruhlar voizi Fahim Dashti bilan qo‘mondon Abdulvadud Zara ham o‘rin olgan yuzlab jangchining qurbon bo‘lgani aytilmoqda.

Shu bilan birga Tolibon Afg‘onistonning Panjshir viloyatini butunlay nazorat ostiga olganini e’lon qildi.

Tolibon matbuot xizmati kotibi Zabihulloh Mujohid Twitter orqali bergan bayonotida:

“Dushmanning oxirgi uyisi - Panjshir viloyati ham butunlay bosib olindi”. – degan ifodaga o‘rin berdi. Mujohid bo‘lishgan yozma matnida Panjshirning qo‘lga kiritilishi bilan mamlakatda urushning butunlay tugaganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz:

Masud boshchiligidagi Milliy qarshilik jabhasi mintaqadan voz kechishni xohlamagan Tolibon bilan muzokara o‘tkazishiga qaramay kelisholmagandi.

Poytaxt Kobuldan taxminan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan ushbu Panjshir viloyati, AQShning 2001-yildagi ishg‘olidan oldin tuman bo‘lgan. Taxminan 170 ming aholiga ega bo‘lgan mintaqaning yirik qismida tojiklar yashaydi.

Kobulning 2001-yili Tolibondan qaytarib olinishida alohida rol o‘ynagan panjshirliklar, ko‘pincha mintaqa ichidan bir yetakchi tomonidan boshqarilganliklari bois mintaqani o‘zlari orasida muxtor mintaqa deb qabul qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Afg‘oniston , #Panjshir , #Tolibon

Aloqador xabarlar