Panjsherdagi to‘qnashuvlarda Tolibonning 40 nafar vakili o‘ldirildi

Afg’onistonning Panjsher viloyatida Tolibon bilan tojik millatiga mansub Ahmad Mas’ud yetakchiligidagi  Milliy qarshilik kuchlari o’rtasida to’qnashuvlar davom etmoqda.

1701724

Milliy qarshilik kuchlari vakili Fahim Dashtining ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilishicha, o‘tgan bir kun ichida “Tolibon” Panjsherga bir necha marotaba hujum uyushtirgan, ammo mag‘lubiyatga uchragan. To’qnashuvlarda 40ga yaqin jangari o‘ldirilgan, yana 35 kishi yaralangan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Tolibon harakati Panjsherga qo‘shni Bag‘lon viloyatidan hujum qilmoqda.

“Ikki kundan buyon davom etayotgan to’qnashuvlarda Tolibon harakati Bag’lon viloyatidan turib, 3 tomondan hujum qildi. Biroq, mag’lubiyatga uchradilar. 40dan ortiq jangari o’ldirildi, 30dan ortiq jangari yaralandi”,-dedi Milliy qarshilik kuchlari vakili.

Afg’oniston matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, to’qnashuvlarda Panjsher viloyatidan ikki qo’mondon halok bo’lgan.

Qayd etish kerakki, hozirda faqatgina Panjsher viloyati toliblar hokimiyatini tan olmayotir. Viloyatda "Tolibon"ga qarshi kuchlar yig‘ilmoqda. Ularga esa Ahmad Mas’ud boshchilik qilmoqda.

Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Panjsher , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar