AQSh prezidenti Jo Bayden:"Afg‘onistondagi 20 yillik urush tugadi"

AQSh prezidenti Jo Bayden amerikalik askarlarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilish jarayoni tugagandan so‘ng xalqqa murojaat qildi.

1700763
AQSh prezidenti Jo Bayden:"Afg‘onistondagi 20 yillik urush tugadi"

 

AQSh prezidenti Jo Bayden amerikalik askarlarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilish jarayoni tugagandan so‘ng xalqqa murojaat qildi.

“Qadrli amerikaliklar, Afg‘onistondagi 20 yillik urush tugadi. Bu AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgan urush bo’ldi. Kobuldan evakuatsiyani tugatdik. Biz 120 ming odamni havo orqali evakuatsiya qildik va bu aql bovar qilmas natija. Hech bir millat shu kungacha bunday katta hajmdagi evakuatsiyani amalga oshirmagan. Bu yo‘lda 13 nafar harbiylarimiz qahramonlarcha jon berishdi. Biz buni qila oladigan yagona mamlakatmiz va qildik ham. Afg‘onistonda qolgan 200 nafar fuqaromizni ular istagan vaqtda olib kelamiz. Bu uchun muddat belgilanmagan. Tolibon mamlakatdan chiqib ketishni istagan afg‘onistonliklarga qarshilik qilmasligini va'da bergan va bu va'dani bajarishni talab qila olamiz.

Shuni aytmoqchimanki, AQSh harbiylari va diplomatlari Afg‘onistondagi vazifasini mukammal ado etishdi. Al Qoida yo‘q bo‘ldi, Usama bin Ladin 10 yil avval o‘ldirilgan.

Biz nafaqat Afg‘onistondan askarlarni olib chiqib u yerdagi urushni tugatdik, balki butun dunyo bo‘ylab katta harbiy operatsiyalar erasi tugaganini bildirdik. Endi boshqa davlatlarni qayta qurishga urinishni bas qilishimiz kerak. Inson huquqlari va erkinliklarini diplomatik yo‘l bilan himoya qilishda davom etamiz. Men bu urushga yakun yasayman degandim va shunday qildim ham. Bu urushning ortiq bizga aloqasi yo‘q edi.

Shu o‘rinda “IShID-Xuroson” guruhiga shuni aytmoqchimanki: Siz bilan hisob-kitobimiz hali tugamadi. Biz sizni topamiz va jazolaymiz. Biz Afg‘onistonda yuzaga kelgan kollapsga tayyor edik. To‘g‘ri, ketayotganda afg‘on hukumatidagi 300 ming askar borligini ham e'tiborga olganimiz rost. Biz 20 yil ular uchun kurashdik, ularning maxsus kuchlarichi? Prezidenti qochib ketib, mamlakatni dushmaniga topshirdi. Bu bilan bizning va ittifoqchi mamlakatlar fuqarolarini xavf ostida qoldirdi. Biz o‘zimizga yordam bergan afg‘onistonliklarni ham mamlakatdan olib chiqib ketdik. Evakuatsiya xavfsizligini ta'minlash uchun 6 ming askar yubordik”, -dedi Bayden xalqqa murojaatida.

Ta’kidlash joizki, 31 avgustga o‘tar kechasi amerikalik askarlar bo‘lgan oxirgi S-17 harbiy samolyoti Kobul aeroportini tark etdi.

Shu bilan AQShning Afg‘onistondagi 2001 yilda boshlangan harbiy operatsiyasi rasman yakunlandi. Iyul oyidan buyon umumiy hisobda 123 ming amerikalik Afg’onistondan evakuatsiya qilindi. So'nggi 17 kunda davom etgan evakuatsiyada esa, AQSh boshqa mamlakat fuqarolarini ham qutqargan.

Amerika va ittifoqchilari asosan, Afg‘onistondagi operatsiyalar vaqtida ularga yordam bergan tarjimonlar, jurnalistlar va huquq faollarini olib chiqib ketishga harakat qilishdi.

Baydenning fikricha, AQSh bu missiyani muvaffaqiyatli uddalagan. Bu operatsiya AQSh g‘aznasiga 1,7 trillion dollardan ko‘proqqa tushgan.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Jo Bayden , #AQSh

Aloqador xabarlar