Afg‘onistonliklarning Pokiston chegarasidagi kutishlari davom etmoqda

Uch milliondan ortiq afg‘onistonlik muhojirga quchoq ochgan Pokiston esa, yangi muhojir oqimiga qarshi chegara darvozalarini bekitdi.

1697208
Afg‘onistonliklarning Pokiston chegarasidagi kutishlari davom etmoqda
afganistan-pakistan siniri bayrak.jpg
afganlar pakistan siniri1.jpg
afganlar pakistan siniri.jpg

Tolibon deyarli butun Afg‘onistonni nazorat ostiga olganidan keyin mamlakatni tark etish niyatida chegara darvozalariga qochgan afg‘onistonliklarning Pokiston chegarasidagi kutishlari davom etmoqda.

Pokiston rasmiylari, ikkala mamlakat o‘rtasidagi muhim chegara darvozalaridan Torkhamda, tibbiy ko‘rikdan o‘tishni xohlaganlar uchungina Pokistonga o‘tishga ruxsat berilayotganini qayd etdi.

Rasmiylar bir kunda qariyb 1500 nafardan ortiq Afg‘oniston fuqarosining Pokistondan o‘z yurtiga qaytgani va qariyb 200-250 nafar afg‘onistonlikning esa Pokistonga tibbiy ko‘rik maqsadida kirganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Chegaraning Afg‘oniston tomonida esa ba’zi afg‘onistonliklar Pokistonga kira olish uchun kutishlarini davom ettirmoqdalar.

Uch milliondan ortiq afg‘onistonlik muhojirga quchoq ochgan Pokiston, yangi muhojir oqimiga qarshi chegara darvozalarini bekitib, bundan ortiq muhojir olmasligini ma’lum qilgandi.

Chegaradagi tijoriy faoliyatlar ham davom etmoqda. Tijorat yuklarini tashuvchi yuk mashinalarining kirish-chiqishi 24 soat asosiga ko‘ra davom etmoqda.

Aytib o‘tish joizki, Tolibonning Afg‘onistonni Penchshir viloyatidan tashqari nuqtalari nazoratini qo‘lga kiritishi, chegara darvozalarida ham aks etdi.

Chegara darvozalaridagi Afg‘oniston bayroqlari o‘rniga Tolibon bayroqlari joylashtirilar ekan, Afg‘oniston chegarasi xavfsizligining ham Tolibon a’zolari tomonidan ta’minlagani aniqlandi.

Mintaqa xalqi, chegaradagi bayroqlarning Tolibon tomonidan 16-avgust kuni o‘zgartirganini ifoda etmoqda.

Eslatib oʻtamiz 2021-yilning 15-avgusti haftaning yakshanba kuni poytaxt Kobul atrofini qurshab olgan Tolibon, Ashraf Gʻanining mamlakatni tark etishi va hukumat kuchlarining poytaxtdan chiqib ketishi bilan shaharni qulaygina nazorat ostiga olgandi.



Aloqador xabarlar