AQSh Iroqdagi peshmarga kuchlarini harbiy texnika bilan ta'minladi

Peshmarga kuchlari Erbilda o’tkazilgan tantanali marosimda 59ta harbiy vositani qabul qilib oldi. Ular orasida Hummer rusumli zirhli vositalar va tez yordam mashinalari ham bor.

1682070
AQSh Iroqdagi peshmarga kuchlarini harbiy texnika bilan ta'minladi

 

AQSh yetakchiligidagi DEAShga qarshi kurash bo’yicha koalitsiya qo‘shinlari Iroq kurd mintaqaviy boshqaruviga qarashli peshmarga kuchlariga bir hafta ichida ikkinchi marta harbiy vosita yetkazib berdi.

Peshmarga kuchlari Erbilda o’tkazilgan tantanali marosimda 59ta harbiy vositani qabul qilib oldi. Ular orasida Hummer rusumli zirhli vositalar va tez yordam mashinalari ham bor.

Koalitsiya qo‘shinlari 26 iyulda ham peshmarga kuchlariga 70dan ortiq harbiy texnika yetkazib bergandi.

Ushbu harbiy yordamlar Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiyning “Iroq endilikda DEAShga qarshi kurashda amerikalik harbiylarga ehtiyoj sezmaydi. Mamlakat xavfsizlik kuchlari va armiyasi davlatni koalitsiya qo‘shinlarisiz ham himoya qilishga qodir”,-degan so’zlaridan keyin yetkazilishi diqqat jalb etdi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #AQSh

Aloqador xabarlar