"Tolibon" delegatsiyasi Xitoy TIV rahbari bilan uchrashdi

"Tolibon"ning Qatardagi siyosiy ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar yetakchiligidagi delegatsiya Xitoyga tashrif buyurdi. Bu haqda Xinhua xabar agentligi xabar berdi.

1681919
"Tolibon" delegatsiyasi Xitoy TIV rahbari bilan uchrashdi

 

"Tolibon"ning Qatardagi siyosiy ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar yetakchiligidagi delegatsiya Xitoyga tashrif buyurdi.

Bu haqda Xinhua xabar agentligi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, "Tolibon" siyosiy ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar Tyanszin shahrida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.

"28 iyul kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri mamlakatga tashrif buyurgan Abdulla G‘ani Barodar bilan uchrashuv o‘tkazdi", - deyiladi xabarda.

Uchrashuv davomida Van I Pekin Afg‘onistonning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishini bildirgan. Shuningdek, Afg’oniston ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilishini ma’lum qilgan.

Van I shuningdek, Xitoy hukumati Afg‘onistonda "Tolibon" harakati ko‘magida tinchlik o‘rnatilishiga umid qilishini qayd etgan.

Van Ining ta'kidlashicha, "Tolibon" harbiy va siyosiy kuch sifatida Afg‘onistonda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Vashington hukumatining Afg’oniston bo’yicha siyosati muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Mamlakatdagi barcha tomonlar “Afg’onistonni afg’onlar boshqaradi” degan tushuncha bilan mamlakatda tinchlik o’rnatishi zarur.

“Biz har doim butun afg‘on xalqiga nisbatan do‘stona siyosat yuritganmiz. AQSH va NATO qo‘shinlarining Afg‘onistondan shoshilinch ravishda olib chiqib ketilishi bu mamlakatda Amerika strategiyasining barbod bo‘lganidan dalolat beradi. “Tolibon” harbiy va siyosiy kuch sifatida Afg‘onistonda hal qiluvchi rol o‘ynaydi va biz ishonamiz-ki, “Tolibon” u yerda tinchlik va barqarorlikni tiklashning asosiy omiliga aylanadi”, -degan Van I. 

“Afg’oniston afg’on xalqiga tegishli. Afg’onistonning kelajagi va taqdiri afg’on xalqining qo’lida bo’lishi kerak”,-deb qo'shimcha qilgan Xitoy tashqi ishlar vaziri.

Uchrashuv davomida Abdulla G‘ani Barodar Xitoy hukumatiga mamlakatga tashrif buyurish imkoniyatini bergani uchun minnatdorlik bildirgan. U shuningdek, Xitoy hukumati bilan kelgusida hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qilgan.

"Tolibon" rasmiy vakili Muhammad Naim Twitterda “Muzokaralarda siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik, Afg’onistondagi mavjud vaziyat va tinchlik jarayoni bilan bog’liq dolzarb masalalar muhokama qilindi”,-deb ma’lum qildi.

Afg’onistonda tinchlik o’rnatish jarayoni noaniqligicha qolar ekan, xavfsizlik kuchlari bilan “Tolibon” harakati o’rtasida shiddatli to’qnashuvlar davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Xitoy

Aloqador xabarlar