Shimoliy va Janubiy Koreya yetakchilari telefon orqali suhbatlashdi

Janubiy Koreya va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi o‘rtasidagi 2020 yil 9 iyunda uzilgan aloqa liniyalari 14 oy ichida birinchi marotaba qayta tiklandi.

1681611

Qayd etilishicha, ikki mamlakatning yetakchilari o'zaro yozishmalar o‘tkazdi. Unga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida 2020 yilda uzilgan aloqalar davlat rahbarlarining kelishuvidan so‘ng qayta tiklandi. 

Xabarga ko‘ra, ikki davlatning vakolatli organlari birinchi qo‘ng‘iroqni kecha, 27 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:00da amalga oshirishgan. Tomonlar o'rtasida kunda ikki marta soat 09:00 va 17:00da telefon orqali aloqa o'rnatilishi kutilmoqda.

Eslatish joizki, 2020 yilning yozida Janubiy Koreyadagi faollar tomonidan Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanga qarshi shimol hududiga targ‘ibot varaqalari va materiallari yuborilishi natijasida Shimoliy va Janubiy Koreya o'rtasida munosabatlar yomonlashagandi. 

Usha paytda Shimoliy Koreya Janub bilan harbiy kanallar va ikki hukumat o‘rtasidagi aloqalarni butunlay uzgandi.

Tanlangan kalimalar: #Janubiy Koreya , #Shimoliy Koreya

Aloqador xabarlar