Myanmada armiya, 2020 yil 8-noyabrdagi umumiy saylovlar natijasini bekor deb e’lon qildi.

Myanmadagi harbiy to'ntarish bilan  saylangan hukumatni egallab olgan armiya, 2020 yil 8-noyabrdagi umumiy saylovlar natijasini bekor deb  e’lon qildi.

1680680
Myanmada armiya, 2020 yil 8-noyabrdagi umumiy saylovlar natijasini bekor deb  e’lon qildi.

Myanmadagi harbiy to'ntarish bilan  saylangan hukumatni egallab olgan armiya, 2020 yil 8-noyabrdagi umumiy saylovlar natijasini bekor deb  e’lon qildi.

1- fevral  harbiy to'ntarishidan so'ng harbiy ma'muriyat tomonidan tashkil etilgan Ittifoq saylov komissiyasining (UEC) raisi Teyn Soe, Su Chji partiyasi - Milliy Demokratik Ittifoq (NLD) 2020 yilgi saylovlarda aldanganligi haqidagi da'volarni tekshirish ishlari  yakunlaganliklarini ma'lum qildi. .

UEC  Raisi  Soening ta'kidlashicha, ular 11 milliondan ortiq ovozda  firibgarlik  aniqlaganlarini  bildirdi.

Saylovda adolatsiz raqobat va saylovdan keyingi ovozlarni sanashdagi firibgarliklar haqidagi da'volar aniqlanganini ta'kidlab, Soe shunday dedi:

"2020 yilgi saylovlarning erkin va adolatli muhitda o'tkazilmagani tufayli  natijalari bekor qilindi"  deb  ta’kidladi.

Soe yangi umumiy saylovlar qachon o'tkazilishi to'g'risida ma'lumot bermadi.

2020 yil 8-noyabrda Myanmada bo'lib o'tgan umumiy saylovlarda mamlakatning sobiq amaldagi rahbari va tashqi ishlar vaziri Su Chji (NLD) partiyasi parlamentda 238 o'rin va senatda 138 o'rinni egallab, o'z kuchini saqlab qolgan edi.

Myanma armiyasi 2020 yilgi umumiy saylovlarda firibgarliklar va mamlakatdagi siyosiy keskinliklar haqidagi ayblovlardan so'ng 1 fevral kuni hokimiyatni egallab olgan edi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Bekor , #Firibgarlik , #saylovlar , #Myanma

Aloqador xabarlar