Umra ziyoratiga kelgan musulmonlar koronavirusga qarshi emlanishi talab qilinadi

Saudiya Arabistonida Haj mavsumidan so'ng, 10 avgustdan boshlab xorijlik ziyoratchilarga Umra ziyoratini ado etishga ruxsat beriladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Haj va Umra masalalari bo'yicha vazir o'rinbosari Xisham Said ma'lum qildi.

1680874
Umra ziyoratiga kelgan musulmonlar koronavirusga qarshi emlanishi talab qilinadi

 

Saudiya Arabistonida Haj mavsumidan so'ng, 10 avgustdan boshlab xorijlik ziyoratchilarga Umra ziyoratini ado etishga ruxsat beriladi.

Bu haqda Saudiya Arabistoni Haj va Umra masalalari bo'yicha vazir o'rinbosari Xisham Said ma'lum qildi.

Uning ma'lum qilishicha, ziyoratchilar koronavirusga qarshi barcha zarur choralarni ko‘rgan holda qabul qilinadi. Muqaddas zaminga tashrif buyurmoqchi bo'lgan musulmonlar qirollikda tasdiqlangan Pfizer, Moderna, Johnson & Johnson, AstraZeneca vaksinalaridan biri bilan to‘liq emlangan bo‘lishi lozim. Umra ziyorati uchun kunda 20 ming kishi qabul qilinadi.

Vaksina qabul qilmagan ziyoratchilar kelgandan so‘ng karantindan o‘tib, keyin koronavirus uchun qayta PsR testini topshirishlari talab qilinadi.

Ma'lum qilinishicha, ziyoratchilarning xavfsizligi va talabini ta'minlash uchun kirish va chiqishni tartibga solish, maxsus ehtiyojmand insonlar uchun o‘tish yo‘laklarini tashkil etish hamda Zamzam suv idishlarini namoz o‘qiladigan joylarga, hovlilarga va tavof joylariga tarqatish tartiblari o‘rnatilgan.

Avvalroq, Saudiya Arabistoni Haj va Umra masalalari vazirligi islomning muqaddas ziyoratgohlariga 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan, surunkali kasalliklarga chalinmagan va koronavirusga qarshi to‘liq emlangan musulmonlargina tashrif buyurishi mumkinligini e'lon qilgandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Umra , #Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar