Nigeriyaning Kano shtatida kuchli yomg'irlar va  toshqinlar oqibatida 15 kishi halok bo’ldi

G'arbiy Afrika mamlakati Nigeriyaning Kano shtatida davom etayotgan kuchli yomg'irlar va  toshqinlar oqibatida 15 kishi hayotdan ko'z yumdi.

1680041

Milliy ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko'ra, Doguwa qishlog'i boshlig'i Alhaji Yusif Umar o'z bayonotida Kano viloyatining Doguva qishlog'ida 23 iyuldan beri davom etgan kuchli yomg'irlar toshqinga sabab bo'lganini qayd etdi.

Umar, tabiiy ofat natijasida 15 kishi hayotdan ko'z yumganligini, ko'p odamlar jarohat olganini va ko'p odamlar haqida xabar ola olmaganlarini  aytdi.

Mintaqada qidiruv va qutqaruv ishlari boshlanganligini ta'kidlagan Umar, toshqin tufayli ko'plab uylarga ham zarar yetganligini  ma’lum qildi.

Tropik iqlim zonasidagi mamlakatda yillik o'rtacha yog'ingarchilik mintaqaviy ravishda o'zgarib turadi deb qayd etdi.

Tanlangan kalimalar: #Toshqin , #yomg'ir , #Nigeriyan

Aloqador xabarlar