Putin ham musulmonlarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tabriknomasi Kreml rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

1678012
Putin ham musulmonlarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi

 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda istiqomat qilayotgan musulmon olamini Qurbon hayiti bayrami bilan muborakbod etdi. Prezidentning tabriknomasi Kreml rasmiy sahifasida e’lon qilindi. 

“Aziz do‘stlar! Sizlarni Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklayman. Ildizlari asrlarga borib taqaladigan ushbu qadimiy bayram dindorlarni Islomning kelib chiqishi va qadriyatlariga jalb qiladi, rahm-shafqat, adolat va taqvodorlikka, boshqalarga nisbatan ehtiyotkorlik va samimiy munosabatda bo‘lishga chaqiradi. Barcha jahon dinlari negizida joylashgan ushbu yuksak gumanistik, axloqiy ideallar qudratli birlashtiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi, jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlashga va madaniy xilma-xillikni,  xalqimizning o‘ziga xos an’analarini saqlashga xizmat qiladi”, deyiladi Prezident tabrigida.

Putin o‘z tabrigida Rossiya musulmonlariga sog‘lik, baxt va esguliklarni tilashini bildirgan. 

Ma’lumot uchun, islom dini Rossiya Federatsiyasida xristianlikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Mamlakatdagi musulmonlarning aniq soniga hali aniqlik kiritilmagan va hamon muhokamalar davom etib keladi. 2002 yildagi aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, Rossiyadagi an’anaviy musulmon aholi soni taxminan 14,5 million kishi. 

Eslatish joizki, AQSH Prezidenti Jo Bayden va mamlakat birinchi xonimi Jill Bayden ham Qurbon hayiti munosabati bilan butun dunyo musulmonlarini tabriklagan edi. 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qurbon hayiti , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar