Tolibon bilan Afgʻoniston hukumati muzokaralarni tezlatish uchun kelishib oldi

Dohada uchrashgan Tolibon bilan Afgʻoniston hukumati hay’atlari, muzokaralarni tezlatish uchun kelishib oldi.

1677375
Tolibon bilan Afgʻoniston hukumati muzokaralarni tezlatish uchun kelishib oldi

Afgʻonistonda bir necha yildan beri davom etgan shiddatni toʻxtatish maqsadida Qatar poytaxti Dohada uchrashgan Tolibon bilan Afgʻoniston hukumati hay’atlari, muammoni adolatli ravishda hal qilish uchun muzokaralarni tezlatish va boshqa yangi yigʻilish oʻtkazish uchun kelishib oldi.

Qatardagi AlJazeera telekanalida oʻrin olgan xabarda, Dohada uyushtirilgan yangi muzokaraning ikkinchi va oxirgi kunida hay’atlarning yozma ravishda qoʻshma bayonot bergani qayd etildi.

Unga koʻra Afgʻoniston hukumati bilan Tolibon hay’atlari, muammoni adolatli ravishda hal qilish uchun muzokaralarni tezlatish uchun kelishib olgan.

Tomonlar shuningdek, “Afgʻoniston hukumati manfaatiga javob beradigan islomiy tamoyillarga muvofiq kelishuvga erishish zarurligi” toʻgʻrisida ham til topishgan.

Muzokaralarni kelishuvga qadar yuqori darajada olib borishga sodiq ekanliklarini bildirgan hay’atlar, takror uchrashishlarini va muzokaralarni tezlashtirish boʻyicha ta’limot berganliklarini qayd etdi.

Bayonotda aytib oʻtilgan yangi uchrashuvning qachon oʻtkazilishiga esa aniqlik kiritilmadi.

Tomonlar shuningdek, Afgʻonistondagi muammoni butunlay hal qilish uchun koʻrsatgan say-harakatlari uchun Qatardan tashqari qoʻshni va mintaqa davlatlari bilan xalqaro hamjamiyatga “Tinchlik jarayonidagi hamkorliklari” uchun minnatdorchilik bildirdi.

Afgʻonistonda bir necha yildan beri davom etib kelayotgan shiddatni toʻxtatish maqsadida oʻtgan yili boshlab bu yilning fevral oyida oʻz taqdiriga tark etilgan afgʻonlararo muzokaralar, Qatar poytaxti Dohada, 17 - iyul kuni boshlagandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Doha , #Afgʻoniston hukumati , #Tolibon

Aloqador xabarlar