Gollandiyalik taniqli yozuvchiga suiqasd sodir etildi

Gollandiyalik taniqli yozuvchi Peter R. de Vriesga suiqasd sodir etildi. Yozuvchining ahvoli og’ir ekanligi aytilmoqda. Voqea bilan aloqali 3 kishi qo’lga olindi. Poytaxt Amsterdamda yozuvchining boshiga yaqin masofadan otib ketilgan.

1671405
Gollandiyalik taniqli yozuvchiga suiqasd sodir etildi

 

Gollandiyalik taniqli yozuvchi Peter R. de Vriesga suiqasd sodir etildi. Yozuvchining ahvoli og’ir ekanligi aytilmoqda. Voqea bilan aloqali 3 kishi qo’lga olindi.

Poytaxt Amsterdamda yozuvchining boshiga yaqin masofadan otib ketilgan.

Guvohlarning so’zlariga ko’ra, kamida 5 marta o’q ovozi eshitilgan. Shifoxonaga yotkizilgan yozuvchining ahvoli og’ir ekani aytilmoqda.

Mamlakat bosh vaziri Rutte voqeani “o’ta dahshatli” deb atadi.

64 yoshdagi gollandiyalik taniqli yozuvchi va tadqiqotchi Peter R. de Vries uyushgan jinoyatchi tashkilotlar haqidagi xabarlari bilan tanilgan.

Yozuvchi davomli tahdid qilingani, shu sababli unga shaxsiy tansoqchi berilganligi ma’lum qilingan.


Tanlangan kalimalar: #suiqasd , #Peter R. de Vries , #Gollandiya

Aloqador xabarlar