AQSh Afg’onistonni tark etishi bilan mamlakatda ichki urush boshlanishi mumkin

Afg’onistondagi NATO va AQSh kuchlari qo’mondoni general Scott Myuller xalqaro koalitsiya harbiylari Afg’onistonni tark etishi bilan mamlakatda ichki urush boshlanishi ehtimoli haqida ogohlantirdi.

1667389

General Myuller bu haqda poytaxt Kobuldagi qarorgohda OAV xodimlariga bergan brifingda ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, Tolibon harakati egallab olayotgan tuman va viloyatlar soni oshib bormoqda. Toliblar hukumat kuchlaridan hududlarni birin-ketin tortib olishmoqda. 2021 yil mayidan buyon 90 tuman Tolibon ixtiyoriga o‘tgan. BMTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi 370 tumandan kamida 50tasi toliblar qo‘lida. 

“Xavfsizlik vaziyati yaxshi emas. Mavjud vaziyat davom etadigan bo’lsa, ichki urush boshlanishi muqarrar”,-deb aytgan general Myuller.

Uning fikricha, Afg’onistondagi urush faqatgina siyosiy yechim bilangina to’xtatiladi.

Tolibon Amerika qo‘shinlari mamlakatni butunlay tark etishi bilan Afg‘onistonning yirik shaharlarini egallab olish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

AQSh prezidenti Jo Baydenning rejasiga ko‘ra, amerikalik harbiylarni olib chiqish jarayoni 2021 yilning 11 sentyabrida yakunlanishi kerak.

Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #AQSh

Aloqador xabarlar