YI Turkiya bilan yuqori darajadagi muloqatga tayyorlanish haqida qaror qabul qildi

Yevropa ittifoqi Turkiya bilan yuqori darajadagi muloqatga tayyorlanish haqida qaror qabul qildi.

1664708
YI Turkiya bilan yuqori darajadagi muloqatga tayyorlanish haqida qaror qabul qildi

Yevropa ittifoqi Turkiya bilan yuqori darajadagi muloqatga tayyorlanish haqida qaror qabul qildi.

Yevropa ittifoqi sammiti davom etar ekan Turkiya haqidagi muzokaralarning tamomlanishi ortidan yakuniy bayonotning tegishli qismi jamoatchilikka yetkazildi.

Bayonotda Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlat rahbarlarining migratsiya, sogʻliqni saqlash, iqlim, terrorizmga qarshi kurash va mintaqaviy masalalar kabi oʻzaro manfaatga tayangan masalalar boʻyicha Turkiya bilan yuqori darajadagi muloqotga tayyorgarlik koʻrish ustidan qaror qabul qilingani ta’kidlandi.

Shuningdek ularning, Turkiya bilan Bojxona ittifoqining yangilanishi borasidagi masalaning texnik faoliyatlarini boshlashga ham qaror qilingani qayd etilgan bayonotda:

“Yevropa ittifoqi kengashi Yevropa ittifoqi komissiyasiga Turkiya, Iordaniya, Livan va mintaqaning boshqa qismlaridagi suriyalik muhojirlar va mezbon jamoalar uhun ajratib beriladigan moliy jihatni davom ettirish toʻgʻrisidagi rasmiy taklifni kechiktirmay taqdim etishga chaqiradi.” - deyildi.

Bayonotda “Yevropa ittifoqi kengashi, mintaqaviy tinchlik va barqarorlikda Turkiyadan va Yevropa ittifoqining mushtarak manfaatlari borasida Turkiya va barcha aktyorlardan mintaqaviy inqirozni hal qilishga ijobiy tusda hissa qovshishini kutmoqda”. - degan ifodalarga oʻrin berildi.



Aloqador xabarlar