Kanadada sobiq maktab-internat hududida 751ta bolaga oid noma’lum qabr topildi

Maktab-internat 1899—1997-yillarda faoliyat olib borgan. Uning hududida qabriston bor va undan noma’lum qabrlar topilgan. Georadar yordamida topilgan ushbu qabrlarga kimlar dafn etilgani hali ma’lum emas.

1664619
Kanadada sobiq maktab-internat hududida 751ta bolaga oid noma’lum qabr topildi

 

Kanadaning Saskachevan provinsiyasida joylashgan sobiq maktab-internat hududida 751 ta bolaga oid noma’lum qabr topilgan.

Bu haqda Kovess okrugining mahalliy jamoatchiligi rahbari Kadmus Delorme ma'lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, maktab 1899 yildan 1996 yilgacha faoliyat yuritgan. Uning hududida qabriston bor va undan noma’lum qabrlar topilgan. Georadar yordamida topilgan ushbu qabrlarga kimlar dafn etilgani hali ma’lum emas. Shu kungacha maktab hududidan topilgan qabrlardan 751 bolaning suyak qoldiqlari aniqlangan.

Kadmus Delorme virtual matbuot anjumanida “Bu ommaviy qabrlar joyi emas. Bular belgilanmagan qabrlar”, -deya ta’kidladi.

Mahalliy aholi orasida tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, qabristonda maktab-internatdagi bolalar ham, kattalar ham dafn etilgan. Taxmin qilinishicha, nomsiz qabrlarda 1960-yillarga qadar ismlar yozilgan taxtalar bo‘lgan, ammo keyinchalik ular olib tashlangan.

Kanadada tub aholining farzandlari uchun internat maktablari 19-asrning o‘rtalaridan 20-asrning oxirlariga qadar  mavjud bo‘lgan. Bunday maktablarda 150 mingdan ortiq bola o‘qitilgan, ular oilalaridan olib qo‘yilib, majburiy assimilyatsiya qilingan. Maktab-internat tarbiyalanuvchilari zo‘ravonliklarga duchor bo‘lgan, yaxshi ovqatlanish va davolanishdan mahrum qilingan. Ular ustida tibbiy izlanishlar o’tkazilgan.

2021-yil 29-mayda Britaniyaning Kolumbiya provinsiyasidagi sobiq maktab-internati hududida 215 ta bolaning qoldiqlari bo‘lgan yirik qabr topilgandi.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ommaviy qabrni “Kanada tarixidagi qorong‘u va sharmandali davrning og‘riqli nishonasi” deb atadi.


Tanlangan kalimalar: #qabr , #maktab-internat , #Kanada

Aloqador xabarlar