Belgiyada Turkiya va Yevroittifoqning xavfsizlik bo'yicha muzokaralari bo'lib o'tdi

Muzokaralarda Turkiyadan Tashqi ishlar vazirligi xalqaro xavfsizlik boshqarmasi rahbari o’rinbosari Gulin Dinch, Yevropa Ittifoqidan esa, Yevroittifoqning tashqi aloqalar xizmati mushtarak xavfsizlik va mudofaa siyosati bosh kotib o’rinbosari qatnashdi.

1663648
Belgiyada Turkiya va Yevroittifoqning xavfsizlik bo'yicha muzokaralari bo'lib o'tdi

 

Belgiya poytaxti Brusselda Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida xavfsizlik va mudofaa siyosatiga bag’ishlangan muzokaralar bo’lib o’tdi.

Bu haqda Yevroittifoqning tashqi aloqalar xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Turkiya va Yevroittifoq o’rtasidagi mushtarak xavfsizlik va mudofaa siyosati bo’yicha norasmiy muzokaralarning oltinchi raundi bo’ldi.

Muzokaralarda Turkiya tomonidan Tashqi ishlar vazirligi xalqaro xavfsizlik boshqarmasi rahbari o’rinbosari Gulin Dinch, Yevropa Ittifoqi tomonidan esa, Yevroittifoqning tashqi aloqalar xizmati mushtarak xavfsizlik va mudofaa siyosati bosh kotib o’rinbosari Charles Fries ishtirok etdi.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Turkiya

Aloqador xabarlar