Xitoy Covid-19 yuzasidan kiritgan chegara cheklovlarini uzaytirdi

Xitoy Covid-19 yuzasidan kiritgan chegara cheklovlarini kelasi yilning o‘rtalariga qadar uzaytirish haqida qaror qabul qildi.

1663056
Xitoy Covid-19 yuzasidan kiritgan chegara cheklovlarini uzaytirdi

Xitoy yangi turdagi koronavirus (Covid-19) chora - tadbirlari doirasida kiritgan chegara cheklovlarini kelasi yilning o‘rtalariga qadar uzaytirish haqida qaror qabul qildi.

Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra Xitoy Sog‘liqni saqlash tarmog‘i rasmiylari, bunday qarorni Covid - 19 ning yangi variantlari tufayli qabul qilgan.

Xitoyda oxirgi 24 soat ichida 25 yangi holat kuzatilar ekan ularning umumiy soni  91 ming 629 nafarga yetgan.

Mamlakatda pandemiya boshlaganidan beri 4 ming 636 kishi vafot etdi.

Boshqa jihatdan Xitoy, 1 milliard 50 million dozasi orqali Covid-19 bo‘iycha aholisini eng ko‘p emlagan davlatga aylandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #chegara cheklovlari , #Covid-19

Aloqador xabarlar