Chet el kuchlari Afgʻonistonni tark etishi bilan Tolibon hujumlarini kuchaytirdi

Afgʻoniston Tashqi Ishlar vaziri: "Chet el kuchlari Afgʻonistonni tark etishi bilan Tolibon hujumlarini kuchaytirdi".

1663391
Chet el kuchlari Afgʻonistonni tark etishi bilan Tolibon hujumlarini kuchaytirdi

Afgʻoniston Tashqi Ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmarning ta’kidlashicha, chet el kuchlarining mamlakatdan chiqib ketishi bilan Tolibon hujumlarini kuchaytirgan.

Atmar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashi tomonidan  Afgʻoniston boʻyicha onlayn tarzda uyushtirilgan yigʻilishda, Tolibonning bir necha oydan beri “mazmunli” tinchlik muzokaralarida qatnashmaganini ma’lum qildi.  

Chet el kuchlarining mamlakatdan chiqib ketishi bilan Tolibonning hujumlarini orttirganini ifoda etgan Atmar, bu hujumlarning ayniqsa, tinch aholini nishonga olganligini bildirdi.

Atmar, Tolibonning mintaqaviy va xalqaro terror guruhlari bilan boʻlgan aloqalarini uzish boʻyicha bergan va’dalarini ham bajarmaganini oʻz soʻziga ilova etdi.


Tanlangan kalimalar: #Afgʻoniston , #Hanif Atmar , #Tolibon

Aloqador xabarlar