Meksikadagi qamoqxonada ro'y bergan janjalda 6 mahbus halok bo’ldi
Politsiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, Tabasco poytaxti Villahermosadagi qamoqxonada ikki guruh o’rtasida o’zaro janjal kelib chiqqan. Voqea bostirilgan va qamoqxonada xavfsizlik ta’minlangan.
1663272
Meksikaning Tabasco hududidagi qamoqxonada ro’y bergan janjal oqibatida 6 mahbus halok bo’ldi, 9 mahbus jarohatlandi.
Politsiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, Tabasco poytaxti Villahermosadagi qamoqxonada ikki guruh o’rtasida o’zaro janjal kelib chiqqan. Voqea bostirilgan va qamoqxonada xavfsizlik ta’minlangan.
Meksika g’arbidagi o’ta qattiq qo’riqlanadigan “Puente Grande” qamoqxonasida may oyida janjal sodir bo’lgandi. Voqeada 7 mahbus halok bo’lgan, 9 mahbus jarohatlangandi.