Isroil politsiyasi falastinliklarga qarshi yana hujum qildi

Ramazon oyi boshlaganidan beri Al-Aqsa masjidi va uning atrofi bilan ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusning Shayx Jarroh mahallasida Isroil politsiyasi hujumlari yuzasdian jiddiy taranglik qayd etilmoqda.

1661892
Isroil politsiyasi falastinliklarga qarshi yana hujum qildi

Isroil politsiyasi ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusning Shayx Jarroh mahallasida uylaridan majburiy yo‘llar bilan chiqarilishi borasida tahdid qilingan mintaqa aholisi bilan ularni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan falastinliklarga yana hujum qildi.

Guvohlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Isroil politsiyasi, mahalla aholisining Shayx Jarrohdagi maydonlarga kirishiga to‘sqinlik qilar ekan jurnalistlar bilan uylaridan majburiy yo‘llar bilan chiqarilishi borasida tahdid qilingan falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun kelganlarni kuch bilan mintaqadan haydagan.

Isroil politsiyasi shuningdek, Shayx Jarroh mahallasida bir uyning eshigini buzib kirib, uy egalariga ham hujum qilgan.

Isroillik noqonuniy ko‘chmanchilar, shanba kuni ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusning Shayx Jarroh mahallasi va birdamlik ichidagi falastinliklarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz otishgandi.

Ramazon oyi boshlagan 13-aprel kunidan beri Al-Aqsa masjidi va uning atrofi bilan ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusning Shayx Jarroh mahallasida Isroil politsiyasi hujumlari yuzasdian jiddiy taranglik qayd etilmoqda.

 



Aloqador xabarlar