Eronda yangi prezident saylandi

Erondagi prezident saylovlarida Oliy sud raisi Ibrohim Raisiy g‘alaba qozondi.

1661407
Eronda yangi prezident saylandi

 

Erondagi prezident saylovlarida Oliy sud raisi Ibrohim Raisiy g‘alaba qozondi.

Mahalliy matbuotda yoritilgan xabarlarga ko'ra, g‘olib 18 iyun kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda ishtirok etib, 28,6 million saylovchidan 17,8 million nafarining ovozini to‘plagan. 

Eronning yangi prezidenti 60 yoshda. Uning mehnat faoliyati Eron huquqiy tizimi bilan bog‘liq. Ibrohim Raisiy Bosh prokuror, Oliy sud raisi lavozimlarida ishlagan. U 2017 yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda ham ishtirok etgan, biroq unda prezident Hasan Ruhoniy g‘alaba qozongan  edi.


Tanlangan kalimalar: #Ibrohim Raisiy , #prezident saylovi , #Eron

Aloqador xabarlar