Stoltenberg: “Bugun transatlantik munosabatlarimizda yangi bo‘lim ochyapmiz”.

Stoltenberg, Belgiya poytaxti Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti uchun NATO qarorgohiga kelganida bayonot berdi.

1657519
Stoltenberg: “Bugun transatlantik munosabatlarimizda yangi bo‘lim ochyapmiz”.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, Turkiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) kabi ba’zi NATO ittifoqchilarining Afg‘onistondagi aeroporti kabi muhim infratuzilmalarning barqarorligi uchun to‘g‘ridan - to‘g‘ri muloqotda ekanliklarini qayd etdi.

Stoltenberg, Belgiya poytaxti Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti uchun NATO qarorgohiga kelganida bayonot berdi.

“Bugun transatlantik munosabatlarimizda yangi bo‘lim ochyapmiz”. - degan Stoltenberg, NATO sammitida liderlarning bir necha masalani qo‘lga olishlarini va bular orasida Rossiya va Xitoyning ham borligini ifoda etdi.

Stoltenberg, “Rossiya bilan bo‘lgan munosabatlarimiz Sovuq urushdan keyingi eng past darajada. Buning sababi Rossiyaning agressiv harakatlaridir. Umid qilamanki liderlar Rossiyaga qaratilgan, “muloqat orqali birlashtirilgan kuchli mudofaa” shaklidagi ikki tomonlama yo‘ndashuvimizni tasdiqlaydi”. – dedi.

Xitoy bilan iqlim o‘zgarishi va qurollarni nazorat qilish masalasida ishlash zarurligini qayd etgan Stoltenberg:

“Biroq Xitoyning harbiy kuchi, tobora ortib borayotgan ta’siri va majburiy pozitsiyasi  xavfsizligimiz jihatidan ba’zi qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Bularni ittifoq sifatida birgalikda hal qilishimiz kerak.” – deya gapirdi.

Stoltenberg NATOning Afg‘onistondagi missiyasini tugatish to‘g‘risidagi qarori haqida berilgan bir savolga, “Afg‘onistonni qo‘llab - quvvatlashni davom etamiz va Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga bo‘lgan moliyaviy yordamlarimiz ham to‘xtamaydi”. – deb javob berdi.

Aeroportlar doxil muhim infratuzilmalarning qanday qilib barqaror tus olishi masalasi ustidan ish olib borayotganliklariga e’tibor qaratgan Stoltenberg,

“Kobulda xalqaro bir aeroportni qanday qilib barqarorlashtirish masalasida AQSh va Turkiya kabi ba’zi NATO tarkibidagi davlatlar ham to‘g‘ridan - to‘g‘ri muloqotda. Bu vaziyat ham NATO ittifoqchilari ham da barcha xalqaro hamjamiyat uchun diplomatik aloqa va yordamlarning davom etihi jihatidan alohida ahamiyat kasb etadi”. – deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar: #NATO sammiti , #NATO , #Yens Stoltenberg

Aloqador xabarlar