NATO sammiti Bryusselda o‘z ishini boshladi

Turkiya nomidan Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an ishtirok etgan yig‘ilishda NATO tarkibidagi 30 davlat rahbari ishtirok etmoqda.

1657850
NATO sammiti Bryusselda o‘z ishini boshladi

NATO tarkibidagi davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etgan sammit yig‘ilishi Belgiya poytaxti Bryusseldagi NATO qarorgohida o‘z ishini boshladi.

Turkiya nomidan Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an ishtirok etgan yig‘ilishda NATO tarkibidagi 30 davlat rahbari ishtirok etmoqda.

Sammit kun tartibida NATOning kelajakdagi 10 yillik yo‘l xaritasining belgilab olinishi, NATOning strategik konsepsiyasining yangilanishi, Xitoyning rivojlanishi, so‘nggi yillarda ortga tisarilgan Rossiya bilan munosabatlarining ahvoli va Ukraina, kiber tahdidlar, terrorizmga qarshi kurash, halokatli texnologiyalar, iqlim o‘zgarishining ta’siri va Afg‘onistondagi NATO missiyasining to‘xtatilishi qaroridan keyingi vaziyat kabi muammolar o‘rin olgan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Baydenning Prezident etib saylanishidan beri birinchi marotaba ishtirok etgan NATO sammitida transatlantik munosabatlar ham muhokama qilinadi.

Sammit yakunida NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg matbuot anjumani o‘tkazib, ma’lumot beradi.

Bundan tashqari, yig‘ilish yakunida sammit bayonotining e’lon qilinishi kutilmoqda.

Sammit doirasida davlat va hukumat rahbarlari kecha oqshomdan beri Bryusselda ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Yig‘ilish ortidan ham ba’zi liderlarning NATO qarorgohida ikki tomonli uchrashuvlarining ham davom etishi ko‘zda tutilgan.


Tanlangan kalimalar: #Bryussel , #NATO sammiti , #NATO

Aloqador xabarlar