Asad rejimi Idlibda o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvini buzdi

Asad rejimi Idlibda o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvini buzdi va natijada 3 kishi tan jarohati oldi.

1657371
Asad rejimi Idlibda o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvini buzdi

Suriyada Asad rejimi va uni qo‘llab – quvvatlagan Eron nazoratidagi terrorist guruhlarning Idlibdagi taranglikni kamaytirish mintaqasidagi o‘q uzishni kamaytirish kelishuvini buzib, tinch aholi turar – joy punktlariga qarshi uyushtirgan hujmida 3 kishi tan jarohati oldi.

Idlibning janubiy – sharqidagi Maarratunnuman tumaniga joylashib olgan rejim kuchlari, Idlibning janubidagi M4 quriqlik yo‘lidagi Mag‘ara, Beynin va Kensefra qishloqlariga quriqlikdan quriqlikka o‘q uzilgan qurollar orqali hujum uyushtirish orqali o‘q uzishni to‘tatish kelishuvini buzdi.

Hujumda tan jarohati olgan 3 kishidan biri yosh bola, yana biri esa ayol kishi va ular atrofdagi kasalxonalarga yotqizildi.

Asad rejimi va uni qo‘llab – quvvatlaguvchilarning Idlibga qarshi oxirgi bir haftada uyushtirgan hujumlari oqibatida tinch aholidan 20 kishi halok bo‘ldi, 36 kishi tan jarohati oldi va 1867 nafar kishi o‘z uy – joyini tark etishga majbur bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Idlib , #Asad rejimi

Aloqador xabarlar