Jazoir va Turkiya o'rtasida imzolangan shartnoma tasdiqlandi

Jazoir prezidenti Abdulmajid Tebbun Jazoir bilan Turkiya o’rtasida yo'lovchi va savdo yuklarini tashish imkoniyatini beradigan dengiz qatnovi bo’yicha shartnomani tasdiqladi.

1651774

Prezident Abdulmajid Tebbun tomonidan 5 may kuni imzolangan farmon kecha rasmiy gazetada chop etildi.

Farmonga muvofiq, ikki davlat o’rtasida kema qurish va uni texnik sozlash, shuningdek port qurish bo’yicha texnik hamkorlik amalga oshiriladi.

Mazkur hujjat ikki mamlakat o’rtasida yo’lovchi oqimi va savdo hajmini oshirishga hizmat qiladi.

Shartnoma aslida, 1998 yil 25 mayda tuzilganiga qaramay, shu kungacha Jazoir hukumati tomonidan tasdiqlanmagandi.

Hozirda Turkiya va Jazoir o’rtasidagi savdo hajmi 3.5 – 4.2 mlrd dollar atrofida o’zgarib turadi. Ikki mamlakat yetakchilari o’zaro savdo hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish istagini bildirishmoqda.

Eslatish joizki, Tebbun 2 iyun kuni Fransiyaning “Le Point” jurnaliga bergan intervyusida Jazoir evaziga hech qanday siyosiy manfaat kutmasdan qariyb 5 mlrd dollar qiymatida investitsiya kiritgan turklar bilan mukammal aloqalarga ega ekanligini ma’lum qilgandi.

Tanlangan kalimalar: #Abdulmajid Tebbun , #Turkiya , #Jazoir

Aloqador xabarlar