Bayden Itsxak Gersogni Isroil prezidenti etib saylangani munosabati bilan tabrikladi

“Itsxak Gersogning prezidentlik davrida AQSh va Isroil o’rtasidagi hamkorlik yana-da kengayishiga ishonchim komil”,-dedi Jo Bayden.

1650952
Bayden Itsxak Gersogni Isroil prezidenti etib saylangani munosabati bilan tabrikladi

 

AQSh prezidenti Jo Bayden Itsxak Gersogni Isroilning yangi prezidenti etib saylanganligi munosabati bilan tabrikladi.

Jo Bayden Itsxak Gersogga tabrik yo’llar ekan, yangi davrda AQSh-Isroil o’rtasidagi yaqin munosabatlar aynan davom etishini ma’lum qildi.

Bayden Itsxak Gersogning o’z xizmat vazifasi davomida Isroil xavfsizligi va yahudiy jamiyati o’rtasida do’stlik ko’prigi insho etish yo’lida katta g’ayrat ko’rsatganligini bildirdi.

“Itsxak Gersogning prezidentlik davrida AQSh va Isroil o’rtasidagi hamkorlik yana-da kengayishiga ishonchim komil”,-dedi Jo Bayden.

Bayden qolaversa, 9 iyulda muddati tugaydigan amaldagi prezident Reuvin Rivlinga minnatdorlik bildirdi.

Eslatma: Isroil parlamenti kecha mamlakatning yangi prezidentini saylash uchun to’plangandi. Majlisda Isroil parlamenti mamlakat prezidentligi uchun Itsxak Gersog nomzodini ma’qulladi. Parlamentning 120 a'zosidan 87 nafari uning nomzodini qo‘llab-quvvatladi. U endilikda mamlakatning 11-prezidenti sifatida Reuvin Rivlinning o‘rnini egallaydi.


Tanlangan kalimalar: #Itsxak Gersog , #Isroil , #AQSh , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar