Arakanlik musulmonlarning yurtiga qaytib - qaytmasligi Myanma qonunlariga bog‘liq

Gonkongdagi “Phoenix” telekanaliga intervyu bergan Min Aung Xlaing, Bangladeshga ketgan arakanlik musulmonlarning Myanmaga qaytib - qaytolmasligi haqidagi savolga javob berdi.

1645446
Arakanlik musulmonlarning yurtiga qaytib - qaytmasligi Myanma qonunlariga bog‘liq

Myanmada 1 - fevral kuni harbiy to‘ntarish orqali yetakchilikni egallab olgan Bosh shtab boshlig‘i general Min Aung Xlaing, etnik tozalash natijasida o‘z uy- joyidan mahrum bo‘lgan musulmon arakanliklarning o‘z yurtlariga qaytib - qaytmasligiga Myanma qonunlari doirasida qaror berilishini bildirdi.

Gonkongdagi “Phoenix” telekanaliga intervyu bergan Xlaing, 2017 - yilda Myanma armiyasining etnik tozaligi tufayli o‘z yurtlaridan ko‘chib ko‘pchiligining Bangladeshga ketgan arakanlik musulmonlar ekanini va ularning Myanmaga qaytib - qaytolmasligi haqidagi savolga quyidagidek javob berdi:

“Myanma qonunlariga mos kelmasa nima qilishimiz mumkin? Dunyoda hech qaysi davlatning muhojir qabul qilish uchun o‘z qonunlarini buzishiga ishonmayman”.

Xlaing, “Arakanliklarning qaytishi bo‘yicha xalqaro chaqiruvlar natija bermadimi?" - degan savolga boshini qimirlatib “ha” deb javob berdi.

Shuningdek, Myanmada harbiy to‘ntarishga qarshi chiqqan qurolli isyonchi guruhlar bilan namoyishchilarga xavfsizlik kuchlarining aralashuvi natijasida halok bo‘lganlar soni 824 nafarga yetdi.

Roppa - rosa 4 ming 301 kishi nazorat ostiga olinar ekan 1841 kishi ustidan ularni hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Ayni paytda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Myanmadagi maxsus vakili Kristin Shraner Burgener, Myanma xalqining mamlakatda harbiy to‘ntarishga qarshi qurollangani va ichki urushi chiqishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Burgener, Myanmada oziq - ovqat xavfining ham ortganiga e’tibor qaratgan holda “Kelasi 3 - 6 oy ichida 3,4 million kishi siyosiy inqiroz tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy turg‘unlik yuzasidan oziq - ovqat xavfiga duch kelinishi mumkin", - dedi.

Davlat to‘ntarishidan beri 61 ming kishining o‘z uy - joyidan mahrum bo‘lganini ifoda etgan Burgener, 12 ming kishining esa qo‘shni davlatlarga qochganini qayd etdi.



Aloqador xabarlar