BMT bosh kotibi Isroil-Falastin mojarosini darhol to‘xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil-Falastin mojarosiga chek qo’yish va G’azoda avj olib borayotgan havo-harbiy zarbalar talofatini muhokama qilish maqsadida favqulodda to’plandi.

1640306
BMT bosh kotibi Isroil-Falastin mojarosini darhol to‘xtatishga chaqirdi

 

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil-Falastin mojarosiga chek qo’yish va G’azoda avj olib borayotgan havo-harbiy zarbalar talofatini muhokama qilish maqsadida favqulodda to’plandi.

BMT bosh kotibi Antonio Guterres yig’ilishda so’zlagan nutqida Isroil-Falastin mojarosini darhol to‘xtatishga chaqirdi va ikki tomon o‘rtasidagi jangovar harakatlar mintaqani nazorat qilib bo‘lmaydigan inqirozga olib kelishi haqida ogohlantirdi.

“Janglar darhol to‘xtatilishi kerak”, deb ta’kidlagan Guterres so‘nggi haftada 200dan ko‘proq kishining o‘limiga olib kelgan zo‘ravonlikni “mudhish” deb atagan. U G’azoda tinch aholi vakillari, jumladan ayollar va bolalar nobud bo’layotganidan iztirobda ekanligini ma’lum qildi.

“Bu keskinlik gumanitar inqirozga hamda nafaqat Falastinning bosib olingan yerlari va Isroilda, balki butun mintaqada ekstremizm yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin”, -deb aytgan Guterres.

Avvalroq Falastinda Isroilning zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 200dan oshgani ma'lum qilingan. O‘z navbatida, Isroil tomondan qurbonlar soni 10 kishiga yetgan.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari 18 may kuni Isroil va Falastin o‘rtasidagi qarama-qarshilik bo‘yicha videomuloqot o‘tkazadi. Ittifoqqa a'zo davlatlar mojaro bo‘yicha umumiy pozitsiyaga kelishga harakat qilmoqda. Yevropa Ittifoqiga a’zo ba'zi davlatlar, jumladan, Germaniya, Avstriya va Sloveniya mojaroda Isroilni qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, ba'zilari uni sokinlikka chaqirmoqda.  


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #BMT , #Isroil

Aloqador xabarlar